Yamal "Atletiko"ga qarshi javob o'yini haqida: "Barselona" 1 daqiqa ham pressingni to'xtatmaydi"

Sherzod Nurmatov
14 apr 2026, 16:35
"Barselona" vingeri Lamin Yamal "Atletiko" Madridga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o'yini haqida fikr bildirdi.

"Biz musobaqadan chiqib ketgan taqdirimizda ham, oxirigacha kurashishga vada beramiz. Biz 1 daqiqa ham yugurishdan va pressing qilishdan to'xtamaymiz - bor kuchimizni sarflaymiz", – dedi Yamal.

"Atletiko" va "Barselona" o'rtasidagi javob uchrashuvi 14 aprel kuni Madriddagi "Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. Birinchi o'yin "Atletiko"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian