

La Liga. “Atletiko Madrid” - “Barselona” 1:2
Gollar: 39 - Juliano Simeone, 42 - Markus Reshford, 88 - Robert Levandovski
“Atletiko Madrid”: 1. Xuan Musso, 16. Nauel Molina, 24. Roben Le Norman, 15. Kleman Langle (28. Taufik Seydu, 68’), 6. Koke (3. Matteo Rujeri, 46’), 21. Obed Vargas, 23. Nikolas Gonsales, 11. Tyago Almada, 20. Juliano Simeone (9. Aleksandr Syorlot, 61’), 7. Antuan Grizmann ( 47. Xavi Mankilo, 61’), 10. Aleks Baena (2. Xose Ximenes, 61’).
Zaxira: 31. Salvi Eskivel, 17. David Gancko, 32. Xaver Bonyar, 34. Xulio Dias, 40. Aleksa Purich, 19. Xulian Alvares, 22. Ademola Lukman.
“Barselona”: 13. Joan Garsiya, 5. Pau Kubarsi, 18. Jerard Martin, 2. Joau Kanselu, 24. Erik Garsiya (6. Gavi, 78’), 4. Ronald Arauxo (22. Mark Bernal, 40’ (23. Jyul Kunde, 62’)), 10. Lamin Yamal, 16. Fermin Lopes (7. Ferran Torres, 46’), 8. Pedri, 20. Dani Olmo, 14. Markus Reshford (9. Robert Levandovski, 79’).
Zaxira: 25. Voycex SHHensni, 33. Eder Aler, 3. Aleks Balde, 42. Xavi Espart, 17. Mark Kasado, 19. Runi Barji, 43. Tommi Markes.
Ogohlantirishlar: 22 - Nikolas Gonsales, 45 - Fermin Lopes, 45 - Nauel Molina, 45 - Koke, 47 - Xansi Flik (“Barselona” bosh murabbiyi, maydon tashqarisida), 50 - Xuan Musso, 53 - Kleman Langle, 90+3 - Taufik Seydu, 90+4 - Diego Simeone (“Atletiko Madrid” bosh murabbiyi, maydon tashqarisida)
Chetlatish: 45+7 - Nikolas Gonsales
🕛 90+6. O'yin yakunlandi.
90+4. Yana janjal maydonda.
90+2. “Atletiko” gol o'tkazib yuborgan bo'lsa ham hujumga o'tmayapti, aksincha, kataloniyaliklar faollik ko'rsatmoqda.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. GOL! Levandovski hisobni oshirdi! Kanseluning kuchli zarbasini Musso qaytardi, qaytgan to'pni Robert ko'kragi bilan darvozani ishg'ol qildi!
86. Yamalning uzoq masofadan bergan zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.
85. Syorlot o'ziga uzatib berilgan to'pni to'g'rilay olmadi, bo'lmasa birga-bir vaziyatga chiqib kyetishi mumkin edi.
83. Ferran darvozaga yaqin joydan zarba berdi, Musso ushlab oldi.
81. Yaxshi vaziyat, Kunde to'pni jarima maydonchasi markaziga uzatishga urindi, ammo o'xshamadi. Qo'shimchasiga, bu vaziyatda o'yindan tashqari holat borligi ma'lum bo'ldi.
78. Reshford o'ziga uzatilgan to'pni markazga berdi, ammo yakuniy zarbani beruvchi futbolchi topilmadi.
74. “Atletiko” deyarli hujumga o'ta olmayapti, o'yin harorati yuqori, “Barselona” oldinga “bosyapti”.
70. Musso!!! Olmoning Ferranga uzatgan zargarona pasini Torres darvozaga yo'lladi, Xuandan aqlga sig'mas seyv!!!
66. Mussodan zo'r seyv! Ferranning tepgan to'pini Xuan qaytardi!
65. Kanseluning zarbasini Ximenes oyoqlari bilan qaytarib yubormoqda.
🏥 61. Bernal jarohat sabab maydonni tark etdi. Vaholanki, u birinchi bo'lim oxirrog'ida Arauxoni almashtirgandi.
60. Lamin Yamal to'rt nafar himoyachidan o'tib darvozaga zarba berdi, lekin aniq bo'lmadi…
58. Pedri o'tkir burchakda turgan bo'lsa ham zarba berdi, to'p darvozaning tashqi to'riga tegdi.
56. Yamalning zarbasi raqib futbolchiga tegib Mussoning qo'liga tegib bordi.
55. “Barselona” bir kishi ko'p maydonda, jamoa tashabbusni qo'liga olmoqda.
51. Xullas, ikkinchi bo'lim boshlanib ulgurdi, ammo aytarli vaziyat ko'rmadik, faqat kartochkalar bilan ovora bo'ldik.
🟥 50. “Atletiko” murabbiylar shtabidagi mas'ulga qizil berildi.
50. Yo'q, qizil bekor qilindi. Martinga sariq kartochka ko'rsatildi.
🟥 46. Jerar Martinga qizil kartochka ko'rsatildi! U Almadaning oyog'iga kulchi zarba berdi.
🕘 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
🕘 45+9. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+8. Reshford jarima zarbasidan to'pni uzatdi, Bernalning zarbasi noaniq bo'ldi.
45+7. Dahshat, qaror o'zgardi, faqat ikkinchi sariq kartochkadan keyingi qizil emas, bir martalik qizil kartochka ko'rsatdi bosh hakam Nikoga.
45+4. Stop, holat VAR orqali ko'rilmoqda! Lamin oldinga o'tayotganda o'yindan tashqari holat bo'lgan bo'lishi mumkin.
🟥 45+3. Niko Gonsalesga sariq kartochka va qizil! U Yamalni jarima maydonchasiga kirib borayotganda “chopdi”!
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
🟨 45. Fermin, Beana, Kokega bir vaqtning o'zida sariq kartochkalar ko'rsatildi.
44. Ohho! O'yinda janjal boshlanib ketdi!
43. Qoyil, oxirgi uch daqiqada ikkita gol ko'rdik.

42. GOL! Reshford hisobni tenglashtirdi! Markus o'zi boshladi hujumni, Olmo bilan “devor” uslubida o'ynadi va Reshford “Atletiko” darvozaboni oyoqlari orasidan gol urdi!
40. Xo'sh, endi Flik shogirdlari qanday javob berar ekan? Kuzatamiz…

39. GOL! Juliano hisobni ochdi! Langle to'pni Simeonega uzatib berdi, u birga-bir vaziyatga chiqib borib aniq zarba berdi va gol urdi!
35. Laminda zo'r vaziyat! O'zi boshlab bergan hujumni Olmo davom ettirdi, u Ferminga, Lopes Yamalga, uning tepgan to'pi esa darvoza ustuniga tegdi…
32. Kokening jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
28. Baenaning chap qanotdan Grizmannga bergan uzatmasini Antuan darvozaga aniq yo'llay olmadi…
26. Yamal bir necha marta sheriklariga yaxshi uzatma beryapti, biroq ular samara chiqarolmayapti.
🟨 22. Nikolas ochiqsachiga to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun ogohlantirildi.
18. Navbatdagi uzatma Pedridan! Yana Ferran Torres yaxshi vaziyatni barbod qildi.
14. Yamaldan zo'r pas! Trivella uslubida bergan uzatmasidan keyin Fermin qariyb birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo noaniq bo'ldi zarba…
14. Baena chap burchakka yaqin joyda belgilangan jarima zarbasidan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq noaniq.
12. Fermin oldinga o'tib darvoza tomon zarba berdi, Musso qaytardi.
11. Grizmannda zo'r vaziyat! Jarima maydonchasida bir necha himoyachidan o'tib zarba berdi, Garsiyadan seyv…
10. O'n daqiqa ortda qoldi, “Atletiko” qarshi hujumga tayangan himoyaviy futbol o'ynamoqda. “Barselona” esa oldinga o'tib, vaziyatlar yaratishga intilmoqda.
7. Reshford jarima zarbasini aniq amalga oshirdi, Musso to'pni ushlab oldi.
6. Langle Pedriga nisbatan fol ishlatdi, bosh hakam jarima zarbasi belgiladi. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin.
4. “Atletiko” endi oldinga o'tdi, biroq Koke hujumda fol ishlatdi.
2. Dastlabki daqiqalarda “Barsa” faol, Kanselu to'pni Yamalga uzatdi, Laminning zarbasi raqib futbolchiga tegib, maydonni tark etdi.
🕛 1. O'yin boshlandi.
⚽️ Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni La Liga 30-tur doirasidagi "Atletiko" - "Barselona" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif qilamiz!



