"Atletiko" "Kamp Nou"da "Barselona"ni mag'lub etdi: Kubarsi chetlatildi, Alvares esa jarimadan gol urdi

Aslanov Jasurbek
9 apr 2026
UEFA Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasidagi "Barselona" hamda madridlik "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi dastlabki uchrashuv yakunlandi.

Barselonadagi "Spotifay Kamp Nou" stadionida kechgan bahsda mehmonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchrashuvni ruminiyalik hakam Ishtvan Kovach boshqarib bordi.

O'yinning burilish nuqtasi "Barselona" himoyachisi Pau Kubarsining maydondan chetlatilishi bo'ldi. Mezbonlar bir kishi kam bo'lib qolganidan bir daqiqa o'tib, Madrid klubi hujumchisi Xulian Alvares hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. O'yinning 70-daqiqasida esa Aleksandr Syorlot mehmonlarning ikkinchi golini urib, "matraschilar"ning g'alabasini mustahkamladi.

"Barselona" - "Atletiko" 0:2
Gol: Alvares 45, Serlot 70.

Chetlatish: Kubarsi 44.

"Barselona": J.Garsiya, Kubarsi, Kanselu, Erik Garsiya, Martin, Olmo, Kunde, Pedri, Rashford, Yamal, Levandovski.

"Atletiko": Musso, Gancko, Le Norman, Molina, Rudjeri, Koke, Lorente, Simeone, Lukman, Alvares, Grizmann.

Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 14 aprel kuni Madriddagi "Sivitas Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia