"Espanol" va "Valensiya" "Milan" hujumchisi uchun kurashmoqda

Alisher
28 apr 2021
"Milan" forvardi Samuel Kastilexo ispan klublari orasida talabga ega bo'lmoqda.

26 yoshli ispaniyalik hujumchiga "Valensiya" va Segunda ishtirokchisi "Espanol" (katta ehtimol bilan La Ligaga qaytadi) qiziqish bildirmoqda.

Kastilexo joriy mavsum 40ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi. Uning transfer narxi 10 million evroga baholanmoqda.

Samuelning "rossonerilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

[instagram]

 [/instagram]


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira