

Championat.asia nashriga ma'lum bo'lishicha, Bunyodkor a'zosi faoliyatini Paxtakorda davom ettiradi.
Mahmud Mahamadjonov joriy mavsum Superliga bahslarida 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida bittadan gol va golli uzatma bor.
Ma'lumot uchun, avvalroq Paxtakor Olimpikdan Abdurauf Bo'rievni qaytarganini va Olimpikning yana ikki nafar futbolchisi Ibrohim Ibragimov va Otabek Jo'raqo'ziev bilan shartnoma tuzishi haqida xabarlar tarqalgandi.



