

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Toshkent klubi futbolchining transferini sotib olish uchun "Navbahor" hisob raqamiga 250 ming AQSH dollari o'tkazib bergan.
Ma'lumot uchun, "Paxtakor" Aziz Turg'unboev bilan ikki yillik shartnoma tuzdi. 27 yoshli futbolchi hozirgacha Superligada 110 o'yinda ishtirok etib, 26 gol muallifiga aylangan.
Kecha saytimizda "Navbahor" "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Quvondiq Ro'zievni 80 ming AQSH dollariga sotib olgani haqida xabar bergandik.
Reklama



