Eshitdik-da! "Navbahor" Quvondiq Ro'zievning transferi uchun "Qo'qon-1912"ga qancha pul to'lagani ma'lum

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2021, 20:47
"Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Quvondiq Ro'ziev 17 yanvar kuni Namanganing "Navbahor" klubiga ko'chib o'tgandi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Namangan klubi futbolchining transferini sotib olish uchun "Qo'qon-1912" hisob raqamiga 80 ming AQSH dollari o'tkazib bergan. 

Eslatib o'tamiz, 2021 yilning 1 yanvar kuni "Qo'qon-1912" Quvondiq Ro'ziev bu mavsumni ham Qo'qon jamoasida o'tkazishi haqida xabar bergandi

17 yanvarda "Qo'qon-1912"ning telegramdagi rasmiy kanali shunday yozgandi

"Futbolchiga yaxshi sharoitlarni taklif qilgan namanganliklar, jamoamiz uchun ham manfaatli bo'lgan taklifni o'rtaga tashladilar. Yakunda har ikki jamoa rahbarlari hamda Quvondiq Ro'zievning roziligi asosida futbolchi “Navbahor” jamoasiga transfer qilindi".






Reklama




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia