Eshitdik-da! "Lans" Evro-2024 qahramonlaridan birini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
7 iyul 2024
"Mec"ning gruziyalik hujumchisi Jorj Mikautadze "Lans"ga o'tishga yaqin.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Jorj Mikautadze va klub o'zaro kelishuvga erishdi. Lans klubi o'yinchiga yuqori maosh taklif etgan. Gruzinga "Monako" ham befarq emas.

Forvard "Mec"ga qadar "Ayaks" va "Seren" jamoalarida o'ynagan. 2021 yildan esa Gruziya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Lans" safida O'zbekiston MTJ himoyachisi Abduqodir Husanov to'p tepadi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia