

Evrodan keyin "Metc" hujumchisiga "Monako" va "Lans" klublari tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lgan edi. "Championat.asia" manbalarining xabar berishicha, Mikautadze bugun Fransiyaning boshqa bir klubi "Lion" tarkibida tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Gruziyalik forvard tez orada lionliklar bilan shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, "transfermarkt" portalida Jorjning transfer qiymati 15 mln evro qilib ko'rsatilgan. Uning "Metc" bilan kelishuvi 2028 yilgacha mo'ljallangan.




