Gretsiya terma jamoasi a'zosi uyidan o'lik holda topildi

Khoja
10 okt 2024
"Panatinaikos" va Gretsiya terma jamoasi a'zosi Jorj Boldok 31 yoshida vafot etdi.

Manbaga ko'ra, 9 oktyabr kuni futbolchi Afinadagi uyining hovuzidan o'lik holda topilgan. Ma'lum qilinishicha, Baldokning jasadida hech qanday jarohat izlari topilmagan. 

Hozircha futbolchining o'lim sabablari aniqlanmagan.

Ma'lumot uchun, Boldok faoliyati davomida "Sheffild Yunayted", "Oksford", "Tamuort", "Nortgempton", "Milton-Kins Dons" kabi jamoalarda harakat qilgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com