Eshitdik-da! Jasur Jaloliddinov faoliyatini "Lokomotiv"da davom ettiradi

Xayrulla Xoliqov
4 iyul 2021, 13:57
Kecha bo'lib o'tgan "Navbahor" - "Andijon" bahsidan so'ng istedodli futbolchi o'z jamoasini tark etdi.

Xabaringiz bor, kecha Superliganing 12-tur bahsini "Andijon" safarda "Navbahor"ga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning 90-daqiqasida aynan Jasur Jaloliddinov tomonidan uzatib berilgan to'pni Usmonali Ismonaliev golga aylantirdi. 

O'yindan so'ng Jaloliddinov o'zining instagram sahifasi orqali "Andijon" bilan xayrlashganini ma'lum qildi. Bizga yetib kelgan xabarga ko'ra, iqtidorli yarim himoyachi faoliyatini ikkinchi davradan boshlab Toshkentning "Lokomotiv" klubida davom ettiradi. Uning "temiryo'lchilar" bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia