"Andijon" "Lokomotiv" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Khoja
1 dek 2025
"Andijon" 2026 yilgi mavsum uchun selekciya ishlarini boshladi.

"Lokomotiv" bilan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan Rahimjon Davronov yangi mavsumni "burgutlar" safida o'tkazadi. Darvozabon allaqchon andijonliklar bilan shartnoma imzolab bo'lgan.

29 yoshli darvozabon yakunlangan mavsumda "Lokomotiv" safida Proliganing 20 ta uchrashuvida maydonga tushib, 10 ta bahsda o'z darvozasini daxlsizligini saqlab qolgan. Davronov "Lokomotiv"dan tashqari "Metallurg", "Turon", "Navbahor" ,"Mashal" va "Buxoro" kabi jamoalarda to'p surgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia