Eriksson Pochettino haqida: "U "Tottenxem"da yaxshi ishlayotgandi. Uning ketishini tushunmadim"

Aslanov Jasurbek
13 dek 2022
Angliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson Maurisio Pochettino haqida fikr bildirdi.

Argentinalik Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzod sifatida ko'rilmoqda.

"Pochettinoni Angliya murabbiyi sifatida tasavvur qila olaman. U "Tottenxem"da juda yaxshi ishladi, nega uni haydashganini tushunmadim. Futbolchilar u bilan juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi.

Pochettino va Tomas Tuxel - juda yaxshi mutaxassislar, ammo Sautgeyt yana ikki yil qolishiga umid qilaman" - deydi Eriksson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening Standard