Endrik: "Umid qilamanki, o'g'lim futbolchi bo'lmaydi"

Sherzod Nurmatov
1 may 2026, 18:30
"Real" hujumchisi Endrik o'g'li futbolchi bo'lmasligini xohlamoqda.

19 yoshli futbolchi va uning rafiqasi birinchi farzandini kutmoqda. Juftlik o'g'illi bo'lishni istaydi.

"Umid qilamanki, o'g'lim futbolchi bo'lmaydi, balki huquqshunos, shifokor yoki boshqa kimdir bo'ladi. Futbol muhiti juda og'ir", – dedi Endrik.

Braziliyalik hujumchi yanvar oyidan beri ijara asosida "Lion"da o'ynab kelmoqda. U "Real"ga 2024 yilda qo'shilgan, ilgari "Palmeyras"da o'ynagan va u yerda 2 marta Braziliya chempionligini qo'lga kiritgan. Endrik "qaymoqranglilar" bilan UEFA Superkubogi va Qitalararo Kubogini yutdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano