Endi Koul: "Lingard MYUga kuchliroq bo'lib qaytibdi"

Mirjalol Normatov
25 iyul 2021, 18:09
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Endi Koul yarim himoyachi Jessi Lingardning KPRga qarshi o'yini haqida gapirdi.

"Jessining o'yini menda ajoyib taassurot qoldirdi. U yuqori ishtiyoq bilan jamoaga qaytgan ko'rinadi. Ha, u gol urdi, ammo uning faolligini alohida takidlash kerak.

Bu sermahsullik barchaning foydasiga ishlaydi. U doimiy ravishda harakatda, bo'sh zonalarda ochilib, to'p so'ramoqda. Uning yanada kuchliroq bo'lib MYUga qaytishini kutgandim", - dedi Koul.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal