

"Varzish" xabariga ko'ra, Tehron klubi bu haqda jamoalar o'rtasidagi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvdan ko'p o'tmay ma'lum qilgan. "Traktor" shikoyatini Eron futbol federatsiyasining intizom qo'mitasi va Liga tashkilotiga yuborib, futbolchilarning mamlakatda qonuniy faoliyat yuritishi hamda rasmiy musobaqalarda qatnashishi uchun zarur ruxsatnomalari bor-yo'qligini tekshirishni so'ragan.
Klub shikoyatning yana bir qismida Yaser Asanining "Istiqlol" safida maydonga tushganiga etiroz bildirgan. "Traktor" bayonotida aytilishicha, Asani mavsum boshida klub bilan shartnomasini bekor qilgan, "Istiqlol"ning transfer oynasi yopiq bo'lganiga qaramay, keyinchalik jamoaga qaytib, "Traktor"ga qarshi o'yinda qatnashgan.
Tehron klubi bu holatni transferga oid vaziyatni hisobga olgan holda, o'yinchidan ruxsatsiz foydalanish ehtimoli sifatida baholab, shartnoma qanday ro'yxatdan o'tkazilgani va futbolchining maydonga tushishi uchun qanday ruxsat berilganini tekshirishni so'ragan.
"Traktor" xorijlik fuqarolarga ishlash ruxsatnomasi berish va ularni ishga jalb etishga doir talablar vakolatli idoralar tomonidan ko'rib chiqilishi lozimligini takidlagan. Klub shikoyatlarni barcha jamoalar uchun teng qoidalar asosida ko'rib chiqish va natijalarni rasman e'lon qilishni so'ragan.



