YCHL. Noyer "Bavariya"ning ushbu mavsumdagi maqsadi haqida aytib o'tdi

"Bavariya"ning ko'p yillik ishonchli darvozaboni Manuel Noyer joriy mavsum klubi qanday rejalar tuzganini ommaga ma'lum qildi.

O'tgan yili "Bavariya" nimchorak finalning o'zida Chempionlar ligasidagi yurishini to'xtatgandi. O'shanda Niko Kovach shogirdlari bo'lajak chempion "Liverpul" qarshiligi oldida ojiz qolishgan.

 Joriy mavsum esa myunxenliklar kamida yarim finalga qadar yetib borish maqsad qilgan, deya ma'lum qildi Noyer.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" bugun YCHLning yangi mavsumidagi ilk o'yinini "Crvena Zvezda" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanishi rejalashtirilgan. 


Manba: uefa.com