YCHL. Mourinyu "Bavariya"ga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?

"Tottenhem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu va yarim himoyachi Rayan Sessenon YCHL guruh bosqichi so'nggi turida "Bavariya" klubiga qarshi o'yindan oldin matbmuot anjumanida qatnashishdi.

Mourinyu: "Bu juda muhim o'yin chunki bu o'yin atrofidagi holatlar, maqsadimiz va musobaqadan qatiy nazar, biz "Tottenhem Hotspur" sharafini himoya qilamiz. "Tottenhem" - bu "Tottenhem" va bu bizga mas'uliyat hissini beradi".



Shundan so'ng, "shporlar" safiga yozgi transferlar paytida qo'shilgan yarim himoyachi Rayan Sessenyon fikrlarini bildirdi. 

Sessenyon: "Bu erga kelishimga asosiy sabablaridan biri bu - Chempionlar ligasida o'ynash. Bugun umid qilamanki, o'yinda maydonga tushaman va nimalar qila olishimni namoyish etaman. Bu men uchun boshqa darajaga chiqish uchun ajoyib imkoniyat".



Eslatib o'tamiz, "Bavariya" - "Tottenhem" uchrashuvi bugun tunggi 01:00da boshlanadi (Toshkent vaqti bilan).


Manba: championat.asia