YCHL 2021/22 yilgi mavsum dastlabki raundiga qur'a tashlandi

Eldor Akmurzayev
8 iyun 2021
Shveytsariyaning Non shahrida Chempionlar Ligasi yangi mavsumining dastlabki bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Mini-turnirda g'olib bo'lgan jamoa musobaqaning birinchi saralash raundiga yo'llanma oladi.

Demak, yarim final juftliklari bilan tanishing:

"Folgore" (San-Marino) – “Prishina” (Kosovo)

"Torsxavn" (Farer orollari) – “Inter Eskaldes” (Andorra)

Dastlabki raundning ilk bahslari 22 iyun kuni, final uchrashuvi esa 25 iyun sanasida bo'lib o'tadi.

Mini-turnirdan o'ta olmagan uch jamoa yangi musobaqa UEFA Konferenciyalar Ligasi 2-saralash bosqichiga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, YCHL 2021/22 yilgi mavsumining birinchi saralash raundi uy va safar tizimida bo'lib o'tadi. Dastlabki bahslar 6-7 iyul, javob o'yinlari esa 13-14 iyul sanalariga belgilangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA