Doston Hamdamov: "Terma jamoada raqobat har qachongidan ham kuchliroq"

Оқил Абдубарноев
27 sen 2026, 19:44
O'zbekiston terma jamoasi vingeri Doston Hamdamov Eron ustidan qozonilgan g'alaba, Suriyaga qarshi tayyorgarlik va tarkibdagi raqobat haqida fikr bildirdi.

– Eronga qarshi o'yin qanday o'tdi?

– Eronga qarshi o'yin juda ajoyib kechdi. Muxlislarbop, yaxshi o'yin bo'ldi. Eronni bunaqa hisobda yutmagan edik. Bu o'zimiz uchun yangilik bo'ldi. Muxlislarimizni xursand qildik, deb o'ylayman.

– Suriyaga qarshi o'yinga qanaqa tayyorgarlik ketyapti?

– Hozirda yaxshi. Yigitlarning kayfiyati a'lo darajada. Murabbiyning yangi sxemasini ko'proq o'rganib, Suriya bilan ham yaxshi o'yin kechadi, deb o'ylayman.

– 4-3-3 sxemasiga o'tildi, qiyinchilik tug'dirmadimi bunga o'tish va qayerda kamchiliklar sezyapsizlar?

– Hozir kamchiliklar ustida ishlayapmiz. Menimcha, O'zbekistonda ko'p jamoalar 4-3-3 sxemasida o'ynaydi va bu bizga qiyinchilik tug'dirmasligi kerak, deb o'ylayman.

– Ko'p yillardan beri terma jamoa safida to'p tepasiz va oldingi davr bilan hozirgi davrni taqqoslaganda, terma jamoa ichidagi raqobat qay darajada o'zgardi?

– Terma jamoada o'zi har doim raqobat kuchli bo'ladi. Chunki hamma o'zini ko'rsatgisi keladi-yu, lekin hozirda kuchliroq, deb o'ylayman. Hozir yoshlar bilan ko'p yig'in o'tkazyapmiz, shunga hozir raqobat kuchli, deb o'ylayman.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia