Donnarummaning akasi “Milan”da tibbiy ko'rikdan o'tdi

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2017
“Asteras” klubi posboni Antonio Donnarumma Italiyaga qaytdi.

27 yoshli futbolchi “Milan”da tibbiy ko'rikdan o'tdi va yaqin vaqt ichida “rossoneri”lar bilan shartnoma imzolaydi.

Katta Donnarummaning Italiyaga qaytishi  Janluiji Donnarummaning “Milan” bilan shartnomasi uzaytirishiga bog'liq holat edi. Janluijining  klub bilan yangi shartnomaga imzo chekishidagi asosiy talablaridan biri sifatida aynan akasining “Milan”ga kelishi qayd etilgan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: твиттер «Милана»