Donnarumma termaning ketma-ket 10 g'alabasi haqida: "Evro-2020da g'alabali seriyamizni davom ettirishimiz mumkin"

Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma Evro-2020 saralashi doirasida Bosniya va Gertsegovina ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) keyin o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin oson bo'lmasligini bilardik, lekin juda yaxshi o'yin ko'rsatdik va buni uddaladik. Doim o'zimizga ishonganmiz. Ajoyib jamoa yig'ilgan va barchani yutishimiz mumkin. Albatta, bu g'alabali seriyani Evro-2020da ham davom ettira olamiz. Keling, o'yindan o'yinga oldinga siljiymiz va nima bo'lishini ko'ramiz", – deydi Donnarumma. 


Manba: football-italia.net