Donnarumma: "Sabr qilishimiz kerakligini bilib turgandim"

Mirjalol Normatov
27 iyun 2021
Italiya termasi posboni Janluijji Donnarumma Evro-2020ning 1/8 finalida Avstriyaga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu kunlarni ko'rish va muxlislarni xursand qilish uchun juda ko'p kutishimiz kerakligini va vazifalarni oxirigacha bajarish muhim ahamiyatga ega ekanligini bilib turgandik.

Bu g'alaba bizga navbatdagi o'yinda ham yutishimizga ishonch taqdim qiladi. Maqsad - ushbu turnirning sovrinini qo'lga kiritish", - dedi Donnarumma.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal