Donnarumma "Milan"dan faqat 70 million evro evaziga ketadi

Tolibjon Qosimov
13 dek 2017
"Il Corriere della Sera"ning tasdiqlashicha, Italiyaning "Milan" klubi asosiy darvozaboni Janluiji Donnarummaning jamoadan ketishi mumkinligiga o'z munosabatini bildirdi.

Darvozabon u uchun munosib pul to'lanmagunicha hech qayoqqa kyetmaydi. Shartnoma 2021 yilning yozigacha mo'ljallangan va milanliklar uning to'liq bajarilishini xohlashmoqda. Aksincha holatda, ular ehtimoliy xaridorlar bilan faqat mavsum so'nggida  muzokaralarga kirishga tayyor va kelishuvni 70 million evrodan boshlashadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Il Corriere della Sera