Doniyor Hasanov va Ab­ror Husinov “Metallu­rg” o'yinchisiga aylan­di

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2017, 12:53
Xabaringiz bor, poyt­axtning “Obod” futbol klubi yopilgani el­on qilganidan so'ng mazkur jamoaning barcha o'yinchilari erkin agentga aylanishgandi.

“Obod” sardori Doni­yor Hasanov va himoyachi Abror Husinovlar keyingi faoliyatlarini Bekobodning “Metall­urg” jamoasida davom ettiradigan bo'lishdi. Bu o'yinchilar 7 iyul kuni “Metallurg” FKning boshqa a'zolari singari O'zbekiston milliy olimpiya qo'mit­asi qoshidagi markazda tibbiy ko'rikdan o't­ishadi va ikkinchi dav­raga tayyorgarlik ko'r­ish uchun Toshkent vilo­yati Chorvoq suv ombori yonida joylashgan “M­etallurg” sihatgohiga yo'l olishadi.

"Metallurg" matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia