"Andijon" Abdumannopov bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2026, 01:13
Doniyor Abdumannopov hamda "Andijon" o'rtasidagi hamkorlik davom etadi.

Andijon jamoasi matbuot xizmati klub futbolchi bilan kelishuvni uzaytirgani borasida ma'lum qildi. Bitim muddati ma'lum emas.

Abdumannopov o'tgan mavsum "Andijon" safida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати