"Andijon" yetakchilaridan bir faoliyatini Toshkentda davom ettiradi

Khoja
16 dek 2025
"Andijon" yarim himoyachisi Doniyor Abdumannopov faoliyatini Toshkentda davom ettiradi.

U sobiq jamoasi "Bunyodkor"ga qaytmoqda. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

25 yoshli futbolchi o'tgan Superliga bahslarida 28 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 1 ta assist bor.

Ma'lumot uchun, Abdumannopov uchun "Bunyodkor" begona emas. U 2023 yilning birinchi qismini aynan "qaldirg'ochlar" safida o'tkazgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia