Doku: "Liga Kubogini qo'lga kiritsak, bu "Arsenal"ga psixologik zarba bo'lishini bilardik"

Sherzod Nurmatov
24 apr 2026, 15:35
"Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku jamoasining Liga Kubogi finalida "Arsenal" ustidan qozongan g'alabasi shu haftagacha Premer-ligada yetakchilik qilgan "kanonirlar"ga zarba bo'lganiga ishonadi.

"Liga Kubogi yaxshi sovrin va agar g'alaba qozonsak, bu "Arsenal"ga psixologik zarba bo'lishini bilardik. Shuning uchun biz shunchaki oldinga qaradik. Albatta, haftada bir o'yin ham ko'p narsani o'zgartiradi. Tayyorgarlik ko'rish uchun ko'proq vaqt bo'ladi. "Siti" yaxshi formada. Biz o'zimizga ishongan va qatiyatlimiz. Hali hal qilinishi kerak bo'lgan ko'p masalalar borligini bilamiz va o'ylaymanki, aynan shu bizni rag'batlantiradi", – dedi Doku.

"Arsenal" va "Manchester Siti" (0-2) o'rtasidagi Liga Kubogi finali 22 mart kuni bo'lib o'tdi.

33 turdan so'ng "Manchester Siti" APLda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra, 70 ochkoga ega "Arsenal"dan o'zib ketdi va birinchi o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail