

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, belgiyalik "shaharliklar" bilan ish haqini oshirishni nazarda tutuvchi yangi kelishuv imzolash arafasida.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, yangi shartnomaning amal qilish muddati 2031 yilning yozigacha hisoblanadi. Futbolchi bilan amaldagi shartnoma muddati 2028 yilning yozida tugaydi.
Doku 2023 yilning avgustidan beri "Manchester Siti" safida o'ynaydi. Belgiyalik futbolchi o'tgan mavsum klub safida barcha musobaqalarda 47 ta o'yin o'tkazdi. Unda futbolchi 8 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



