

"Atletiko" markaziy himoyachisi Diego Godin YCHL 2-turi doirasida "Bavariya"ga qarshi bahsda (1:0) jarohat oldi. Bu haqda "Goal.com" xabar bermoqda. Futbolchi o'yinni oxirigacha maydonda bo'ldi, chunki "Atletiko"da har uchchala o'zgarish amalga oshirilgan edi. Urugvaylik futbolchida chap to'piq mushagi cho'zilgan deya taxmin qilinmoqda. Lekin, shifokorlar aniq tashxisni bugungi tibbiy ko'rikdan so'ng qo'yishadi.



