Desham YCHLda italyan jamoasi g'alaba qozonishini xohlamoqda

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham UEFA Chempionlar Ligasida Turinning "Yuventus" klubi g'alaba qozonishiga umid qilmoqda.

"Boshqa jamoalar singari "Yuventus"da ham musobaqada g'olib chiqish imkoniyati mavjud. Turinliklar ko'p yillardan beri shuni maqsad qilishgan. Men xohlaymanki, "Yuventus" Chempionlar Ligasida zafar quchadi. Klubning ko'plab ustun jihatlari bor", - dedi Desham "Football Italia" nashriga.

Eslatib o'tamiz, Desham futbolchi sifatida 1994-1999 yillarda "keksa sinora" jamoasi sharafini himoya qilgan.


Manba: Football Italiа