

"MYU ko'pchilik o'ylayotgandek chempionlik va YCHL uchun kurashadigan jamoaga aylanmoqda. Jamoaga kerak bo'layotgan so'nggi detal - jahon darajasidagi hujumchi. Buni biz ham, ular ham bilishadi. Shu boisdan "Yunayted" qishda Xollandni transfer qilmoqchi edi.
Agarda katta summa so'rasa ham MYU bunday imkoniyatni boy bermaydi. "Manchester Yunayted" - Angliyaning eng boy klublaridan biri, doimo moliyaviy tomondan baquvvat, shu boisdan transferlar uchun ko'p mablag' ajratiladi.
Menimcha u rekord narx evaziga MYUga o'tadi. Keynning transferi - nafaqat gollar kafolati, balki Reshfordni yanada optimallashtirish varianti ham bo'ladi. Markus qanotdan markazga kirib kelib, zarbalar beradi.
Tasavvur qilyapsizmi, markazda Fernandesh va Pogba, hujumda esa Keyn va Reshford?!", - dedi Merfi.



