Dembele Globe Soccer Awards tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Alisher Ostonov
28 dek 2025, 23:12
Usmon Dembele Globe Soccer Awards talqini bo'yicha yilning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.

PSJ forvardi Usmon Dembele Dubayda bo'lib o'tgan Globe Soccer Awards taqdirlash marosimida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Dembele Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi va 2025 yilda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi.

Shuningdek, sovrin uchun Vitinya (PSJ), Kilian Mbappe ("Real"), Rafinya, Lamin Yamal (ikkalasi ham - "Barselona") da'vogarlik qilgandi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/Globe_Soccer