

"Manchester Yunayted" hali ham Frenki de Yongga qiziqish bildirmoqda. talkSPORT nashrining ma'lumotlariga qaraganda, hozir ham De Yong MYUning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanmoqda.
Erik ten Xag ham de Yongni o'z klubini o'zgartirishga ko'ndira olishiga ishonmyapti. Niderlandiyalik yarim himoyachi uchun ham MYU eng qulay variant bo'lib turibdi. Bunga jamoaning YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishga yaqinligi ham ta’sir qilmoqda.
Ma'lumot uchun, de Yong bu mavsum La Liga doirasida 21 o'yinda qatnashib, 2 ta gol kiritishga erishdi.



