

Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda.
Kataloniyaliklar rahbariyatining fikricha, angliyalik futbolchi jamoa yetakchisi Rafinya maydonda bo'lmagan vaqtlarda o'ziga berilgan imkoniyatlardan etarlicha foydalana olmagan. Ayniqsa, Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi kechgan bahslarda Rashford o'zini ko'rsata olmagani klub uchun so'nggi nuqta bo'ldi. Endilikda "ko'k-anorranglilar" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ko'rib chiqishadi.
Ma'lumot uchun, Rashfordning ijara shartnomasida 30 million evro atrofida sotib olish bandi mavjud edi.
Joriy mavsumda Markus "Barselona" libosida barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



