

Nima desam bo'ladi. Bugungi uchrashuv juda qiziqarli bo'ldi. Faqat so'nggi daqiqalarda bizga omad kulib boqdi. Yangi bosh murabbiy “Qo'qon-1912”da katta hajmdagi ishni amalga oshirgani ko'rindi. Mezbonlar hujumkor o'yin namoyish etishdi. So'nggi daqiqada omad ulardan yuz o'girdi.
Qanday qilib o'yinchimiz birga-bir vaziyatga chiqib ketganini bilmay qoldim. Oldingi o'yinda aytgan gapim-iste'fo borasidagi fikrimni o'zgarmaydi. O'zimda charchoqni sezyapman. Bugungi g'alabadan keyin ham fikrim o'zgarmagan. Rahbariyat rozi bo'lsa birinchi davradan keyin iste'foga chiqaman.
“So'g'diyona” Osiyo Chempionlar ligasiga chiqsa meni xursand holda ko'rishingiz mumkin. Bu gaplar hazil. Lekin har qanday hazil tagida haqiqat yotadi, - deydi Fayziev.



