Davron Choriev: "Argentina bilan o'yinlar hammamiz uchun foydali bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2021, 11:00
Xabaringiz bor, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 2-3 fevral kunlari amaldagi Jahon chempioni hisoblangan Argentina futzal terma jamoasi bilan Toshkentda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

"Argentina bilan o'ynashimiz haqidagi xabar chiqqandan so'ng xursand bo'ldim. Chunki, bunday saviyadagi terma jamoalar bilan har doim ham o'ynayvermaymiz. Shuning uchun berilgan imkoniyatdan unumli foydalanishimiz lozim. O'ylaymanki, ushbu uchrashuvlar biz uchun faqat foyda keltiradi.  O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yaratib berilayotgan sharoitlarga minnatdorchilik bildirib qolaman. Kuchli va top darajadagi termalar bilan o'yinlarga jismonan, taktik va ruhiy yani har tomonlama tayyorlanamiz. Yosh futzalchilarning o'sishi uchun ham katta xizmat qilishiga ishonaman. Umuman olganda hammamiz uchun samarali bo'ladi",- deydi Choriev.





Reklama





Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia