David Silva ushbu mavsum qayta o'ynalmagunga qadar jamoani tark etmaydi

Mirjalol Normatov
15 may 2020
Yarim himoyachi David Silva "Manchester Siti" tarkibida ushbu mavsum yakuniga qadar o'ynamoqchi.

O'tgan yilning yozida ispaniyalik futbolchi "Siti"da so'nggi mavsumini o'tkazishini ma'lum qilgandi.

34 yoshli xavbek 2010 yili "shaharliklar" tarkibiga borib qo'shilgandi. Shu orqali u jamoa tarkibida roppa-rosa 10 yil o'ynagan bo'lardi.

Biroq hozirda koronavirus sababli chempionat o'yinlari to'xtatilgan. "Siti" esa ayni damda APL, YCHL va Angliya Kubogidagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Shu sababli Silva amaldagi shartnomasini biroz uzaytirib, ushbu mavsumni jamoa tarkibida yakunlamoqchi. APL katta ehtimol bilan 12 iyun kunidan davom ettiriladi.

Silva "Siti" tarkibida umumiy 424 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal