Daniya terma jamoasiga quyi liga va futzal klublaridan futbolchi chaqirilmoqda

Aslanov Jasurbek
4 sen 2018, 18:54
Daniyada futbolchilar va mamlakat futbol federatsiyasi o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi.

Futbolchilarning bir qismi terma jamoaga borishdan bosh tortishmoqda. Ular federatsiya hamda hamkorlar o'rtasidagi o'yinchilar imiji bilan bog'liq shartnomalardan norozi.

Futbolchilarning shaxsiy bitimlari bor, shu sababli o'rtada kelishmovchilik yuzaga keldi.

O'yinchilar terma jamoaga kelmayotgani tufayli Daniya futbol federatsiyasi milliy jamoaga quyi ligadan va futzal klublaridan futbolchi chaqirmoqda.

Daniya terma jamoasi sardori Kristian Eriksen tomonlarni kelishishga chaqirdi.

Daniya terma jamoasi ertaga Slovakiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi, 9 sentyabrda esa Uels bilan Millatlar ligasi o'yinida maydonga tushadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph