
Abbos Moskvadagi ilk mavsumini ajoyib o'tkazdi. Uni qanchaga sotish kerak? Kamida 10 million evroga. Undan kamiga uni qo'yib yuborishlik xato bo'ladi. O'zi aslida Abbosni SSKAda olib qolish eng zo'r ish bo'lgan bo'lardi, - dedi SSKA sobiq futbolchisi.
Abbosbek Fayzullaev Rossiyadagi ilk mavsumida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 11 ta golli uzatma bor. 20 yoshli futbolchining SSKA bilan 2026 yilga qadar mo'ljallagan shartnomasi bor.