Chorak finalda O'zbekistonga raqiblik qiladigan Fransiya termasi U-17 Jahon chempionatidan diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Administrator
22 noya 2023
Bunga sabab Fransiya termasi tarkibidagi o'yinchi saralash bosqichida boshqa terma jamoa uchun maydonga tushgan.

Fransiya U-17 terma jamoasi Indoneziyada o'tkazilayotgan Jahon chempionatidan diskvalifikaciya qilinishi mumkin. Gap shundaki, "Monpele" klubi a'zosi Yannis Issufu ushbu musobadaqa Fransiya termasi safida harakat qilmoqda, ammo ushbu turnirning saralash bosqichida Niger termasi tarkibida maydonga tushgan. Sport News Africa nashri bergan ma'lumotga ko'ra, Fransiya futbol federatsiyasi bundan bexabar bo'lgan.

FIFA qonunlariga ko'ra, bir futbolchi aynan bir musobaqada ikki xil jamoada harakat qilishi qatiyan man qilinadi. Fransiya terma jamoasi bilan bitta guruhdan o'rin olgan Burnika-Faso termasi ushbu masala bo'yicha appelyaciya berishi mumkin.

Issufe Fransiya nomidan Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchta o'yinda maydonga tushdi. 2022 yilda esa futbolchi aynan shu Jahon chempionati saralashida Niger safida Kot-d’Ivuar va Beninga qarshi o'yinlarda harakat qilgan. 


AdministratorMuallif
Manba: Sport News Africa