CHLning birinchi turida zarba berish bo'yicha "Bavariya"dan so'ng ikkinchi qaysi klub ekanligini bilasizmi?

Aslanov Jasurbek
14 sen 2017, 15:23
Chempionlar ligasining birinchi turida darvozaga berilgan zarbalar bo'yicha "Bavariya"dan so'ng ikkinchi o'rinni "Maribor" egalladi.

"Spartak"ka qarshi bahsda (1:1) sloveniyaliklar 25 marotaba darvozani nishonga olishga harakat qilgan. InStat bergan ma'lumotlarga ko'ra, 25ta zarbaning 15tasi 60-daqiqadan so'ng berilgan. "Bavariya" futbolchilari "Anderlext"ga qarshi uchrashuvda 27ta zarba berishdi.

"Maribor" hamda "Spartak" o'rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi moskvaliklar yarim himoyachisi Mario Pashalich bo'ldi. Xorvat 15ta kurashdan 10tasida (67%) g'alaba qozondi, muvaffaqiyatli to'p olishlar soni bo'yicha yetakchi bo'ldi (4) va qarshi hujumlarning asosiy tashkilotchisiga aylandi (12ta).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com