Chiluell mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
25 noya 2021
"Chelsi" himoyachisi Ben Chiluell mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.

Futbolchi Chempionlar Ligasi guruh bosqich 5-tur doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Agar tekshiruvlardan so'ng kutilgan natija qayd etilsa, o'yinchi joriy mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph