

Ilk tur o'yini “Xaddersfild” hamda “Byornli” o'rtasida bo'lib o'tdi va unda mehmonlar himoyachi Yan Matsenning goli evaziga zafar (1:0) quchishdi.
“Byornli”ni joriy yil yozida Vensan Kompani qabul qilib olgandi. Bu 36 yoshli mutaxassis uchun yangi jamoasidagi omadli debyut bo'ldi. “Man Siti” sobiq futbolchisi bungacha “Anderlext”ga ustozlik qilgan.



