Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

19 fev 2021, 19:55
“Pari Sen-Jermen” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Fransiyalik futbolchi YCHL 1/8 finali doirasidagi “Barselona” (4:1) bilan xet-trik qayd etgan edi.

Hafta futbolchisi nominaciyasiga Muhammad Saloh (“Liverpul”), Erlin Xoland (“Borussiya” D) va Serjiu Oliveyra (“Portu”) singari futbolchilar ham da'vogarlik qilgan edi.


Manba: