Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining joriy mavsumi davom ettiriladimi yoki yo'q? UEFA tez orada xabar qiladi

Alisher
19 apr 2021
UEFA tez orada evrokubokning joriy mavsumidagi qolgan o'yinlarning o'tkazilishi borasida xabar beradi.

Yevropa Superligasi rasman paydo bo'lganidan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining bo'lajak o'yinlari ko'chirilishi yoki umuman bekor qilinishi borasida xabarlar yangramoqda.

Shunga qaramay jurnalist Fabricio Romanoning takidlashicha, UEFA ayni daqiqalarda hali evrokuboklarning yaqin o'yinlari borasida hech qanday bayonot bermadi.

Tez orada yig'ilish bo'lib o'tadi va unda qaror qabul qilinadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano