

Yarim himoyachidan ehtimoliy transfer va turli mish-mishlar haqida so'rashdi.
"Men jamoa afsonasiga aylanishni xohlayman. "Chelsi" bilan shartnomam bor. E'tiborim klub va Ekvador terma jamoasidagi faoliyatimga qaratilgan", – dedi Kaysedo.

Moyzes joriy mavsum londonliklar libosida 41 o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.
"Chelsi" ketma-ket to'rtta mag'lubiyatga uchradi. Ular Premer-ligadagi so'nggi o'yinida "Everton"ga 0:3 hisobida yutqazdi va hozirda 31 o'yindan so'ng 48 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.



