"Chelsi" Obameyang uchun yangi taklif bilan chiqdi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2022
Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" forvardi Per-Emerik Obameyangni qo'lga kiritish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda.

Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "ko'klar" "Barselona"ga Obameyang uchun 10 million funt va Markos Alonsoni berishga tayyor. 

Tomonlar ushbu transfer dedlayngacha yakunlanishiga katta ishonch bildirishmoqda. 

"Chelsi" avvalroq xabar berilganidek, hujumchini ijaraga olmoqchi emas va butunlay sotib olish uchun harakat qilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano