"Chelsi" "Napoli" himoyachisi bilan tekinga shartnoma imzolamoqchi

Alisher
15 okt 2020
"Napoli" himoyachisi Elseid Xyusay kelasi yozda "Chelsi"ga o'tishi mumkin.

26 yoshli albaniiyalik futbolchi bir yildan so'ng erkin agentga aylanadi, shu sabab "ko'klar" uni tekinga o'z safiga qo'shib olgan holda ortiqcha mablag' ishlatmoqchi emas.

Elseid Xyusay joriy mavsum Italiya A Seriyasi doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Futbolchi "Napoli"ga 2015 yilda "Empoli"dan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun