“Chelsi” muxlislari Entoni Teylorga qarshi peticiyada qatnashmoqda

Eldor Akmurzayev
15 avg 2022
APL 2-turida “Tottenxem” bilan jangovar (2:2) durangdan keyin “Chelsi” ishqibozlari o'yinni boshqargan hakam Entoni Teylorga nisbatan ommaviy ravishda norozilik bildirishdi.

Ularning fikricha, “shporlar”ning ikkala goli ham hisoblanmasligi kerak edi.

"Change.org" platformasida “aristokratlar”ning muxlisi tomonidan Teylorning bahsda yo'l qo'ygan xatolariga ishora qilgan peticiya yaratildi. Hakam “ko'klar”ga nisbatan noxolislik qilganlikda ayblandi va u “Chelsi” ishtirokidagi bahslarni boshqarmasligi kerak degan xulosaga kelindi.

Murojaat chetda qolmadi. Uni 50,000 dan ortiq "aristokratlar"ning muxlislari qo'llab-quvvatlashdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru